Xabaringiz bor, professional boksning IBF tashkiloti super yengil vazn toifasida (63,5 kg) eliminator jangida ishtirok etish uchun hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga raqib izlamoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilot 13-o‘rindagi Richardson Hitchins variantida to‘xtagani aytilgan edi.
Biz bu boradagi yangiliklarni bilish uchun mashhur xorijiy boks nashri - Boxingscene.com sayti jurnalisti Jeyk Donovan bilan bog‘landik.
"Men ushbu haftada deyarli har kuni IBF'dan bu borada yangilik borligini so‘rab turdim. Menimcha ular katta ehtimol bilan barcha top 15 likni ko‘rib chiqishdi va jangni qabul qiluvchi bokschini topa olishmagan ko‘rinadi", - deydi Jeyk Donovan.
Ba’zi bokschilar boshqa janglari borligi, boshqalari esa jarohat yoki turli sabablarga ko‘ra jangni qabul qilmayapti. Nima uchun bunday holat bo‘layotganligiga esa jurnalist quyidagicha o‘z fikrini bildirdi.
"Ko‘p bokschilar IBF qoidalari bo‘yicha jang kuni ham vazn me’yori tekshiruvini yoqtirishmaydi. Ular ayniqsa chempionlik janglarida bu to‘siq bo‘ladi, deb hisoblaydilar va qolaversa buni shunchaki eliminator jangi uchun ham qilishni hush ko‘rishmaydi.
Shuningdek, Ergashev kuchli, lekin kam e’tiborga ega bo‘lgan jangchi. Bu ochiq promouterlik savdosigacha borganda ham u qadar katta mablag‘ olib kelmaydi", - deya qo‘shimcha qildi Donovan.
Ma’lumot uchun, boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, IBF tashkiloti jang kunida ham bokschilar vazn toifasi me’yoridan 4.5 kgdan ko‘p oshib ketmasligi uchun vazn tekshiruvini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, super yengil vazn toifasida IBF chempionlik kamari egasi Puerto Riko vakili Sarbiyel Matiasga tegishli.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi