O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Braziliya, Senegal va Iroq bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Braziliya, Senegal va Iroq bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Braziliya, Senegal va Iroq bilan o‘ynaydi
Shu yilning mart oyida yurtimizda tashkil etilgan U-20 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritib, jahon chempionatiga yo‘l olgandi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, kichik mundialga tayyorgarlik ko‘rish uchun hamyurtlarimiz Ispaniyada bo‘ladigan turnirda ishtirok etadi. 15-27 aprel kunlariga belgilangan musobaqada O‘zbekiston U-20 terma jamoasidan tashqari, finaldagi raqibimiz Iroq, Braziliya, Senegal va Dominikan Respublikasi qatnashadi.
 
Eslatib o‘tamiz, shu yilning may-iyun oylari Indoneziyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jahon chempionati ayrim sabablarga ko‘ra boshqa davlatga ko‘chirilishi rasman e’lon qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar