UEFA prezidenti muqobilsiz asosda tanlanishi mumkin


Ispaniyalik Anxel Mariya Vilyar Yevropa futboli rahbari lavozimiga asosiy da’vogar hisoblanmoqda.
UEFAning yangi prezidenti 14 sentyabrda tashkilotning Afinadagi navbatdan tashqari kongressida saylanadi. 20 iyulgacha fransuz Mishel Platini o‘rindoshlari saylovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari kerak. Biroq "Izvestiya" axborotiga ko‘ra, Yevropa futbolining yangi rahbari saylovlari muqobilsiz asosda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda "Kun" nashri ma’lum qildi.
"Milandagi Chempionlar Ligasi finalidan bir kun avval Yevropa va jahon futbolining amaldagi bosh shaxslari uchrashdilar. Norasmiy yig‘ilishda ko‘plab milliy federatsiyalar rahbarlari, UEFAning hozirgi rahbarlari va FIFA prezidenti Janni Infantino ishtirok etdilar. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, UEFA prezidenti saylovlariga yagona nomzod qo‘yilishi fikri bildirildi. Yig‘ilganlarning fikricha, bu Yevropa futbolida parokandalik yo‘qligi va tashkilot Platinining shov-shuvli chetlatilishidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni ajoyib tarzda eplay olganini ko‘rsatadi. Bu nomzod Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti hozirda UEFA prezidenti majburiyatlarini bajarayotgan Anxel Mariya Vilyar bo‘ladi.
Muqobilsiz saylovlarga Niderlandiya qirollik futbol ittifoqi rahbari Mixael van Prag xalaqit qilishi mumkin. Gollandiyalik mutaxassis yagona nomzod g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayapti va o‘z nomzodiga ariza topshirishi mumkin. Amsterdamning "Ayaks" klubining sobiq rahbari benuqson nomga ega. Biroq vaziyatning bunday tus olishi dargumon", deb aytmoqda manba.































Izohlar 0
…