Coca-Cola Superliga 5-turi doirasida «Andijon»ni mag‘lub etgan «Neftchi» bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g‘alaba siri, To‘xtasinovning chetlatilishi, Kubok o‘yinlariga rejalar va jamoa g‘alabani kimga bag‘ishlagani haqida gapirdi.
«Golgacha va goldan keyin boshqa-boshqa o‘yin guvohi bo‘ldik. Maydonda kamchilik bo‘lib qolgach, raqibda ancha imkoniyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonimizga rahmat aytaman. Bugun bizni ko‘p qutqardi. So‘nggi daqiqalargacha sabr qildik va haqli g‘alabaga erishdik», - dedi Levchenko.
«Chetlatish menimcha ehtiros bilan bog‘liq. Birinchi bo‘limda ogohlantirilganlarga ikkinchi bo‘limda ehtiyotroq bo‘lib o‘ynashlarini uqtirgan edik. Ammo To‘xtasinov aynan ehtiroslarga berilib ketganidanmi, kerak bo‘lmagan joyda qo‘pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi».
«Kubok bahslarida albatta rotatsiya qilamiz. Busiz ilojimiz yo‘q. Tig‘iz taqvim va futbolchilarning holatidan kelib chiqib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarga imkon berishga harakat qilamiz. Bizda ikkita bir xil tarkib bor. Ularning barchasiga imkon berish haqida o‘ylaymiz».
«Bugungi g‘alabamizni albatta bizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Biz esa o‘z navbatida jamoaning avvalgi mavqeini tiklash va jamoaning hozirgi egallab turgan o‘rni tasodif emasligini ko‘rsatishga harakat qilamiz».
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi