date
views 136

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Pro-Ligasining 2022/23 mavsumi yakunlandi.

Toshkentning «Humo» klubi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. «Qanotlilar» pley-offning final bosqichigacha yetib borishdi va Astana shahrining «Nomad» klubiga 4 ta g‘alabagacha bo‘lgan o‘yinlar seriyasida 1:4 hisobida yutqazishdi.

«Humo» xokkey klubi 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uy o‘yinlarini Toshkentning «Humo Arena»sida o‘tkazadi.

Klubga rossiyalik Yevgeniy Popixin bosh murabbiylik, latviyalik Normunds Seyeys bosh menejerlik qiladi.

«Humo» tarkibi asosan rossiyalik va qozog‘istonlik xokkeychilardan shakllangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi