Murodjon Ahmadaliyev kamarlarni boy berganidan so‘ng IBF reytingida nechanchi o‘ringa tushdi?

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Super yengil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi va 3-o‘ringa joylashtirildi.
Yarim yengil vazn toifasida (57,2 kg) Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi kabi 7-o‘rinda qayt etilgan.
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) jahon chempionlik kamarini Marlon Tapalesga boy bergan Murodjon Ahmadaliyev reytingning 6-pog‘onasidan joy oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing