
"Neftchi" - "Turon" o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Vitaliy Levchenko: "O‘yin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Xudud tomonlama olganda ham qo‘shnilarimiz bilan prinsipial bahs o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Hisobni ochdik, lekin yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Qaysidir pallada diqqatni yo‘qotdik. Bu biz uchun ochko yo‘qotish hisoblanadi. Balki kutilmagan, deyish mumkindir", - deydi Levchenko.
- Bugungi bellashuvni bilan birga aytganda jamoa 70-daqiqadan keyin o‘yinni tushirib yuboryapti. Buning sababi nimada?
- Avval ham aytganimdek ro‘zagacha va ro‘zadan keyingi funksional holatni farqi bor. Mashg‘ulot jarayonlarini rejadagidek olib boryapmiz. Biroq ayrim holatlarda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishmoqda. Futbolchilarni tushunaman. Lekin professional ravishda o‘yinchi doim rejimda va tonusda bo‘lishi zarur.
- Zaxira kech amalga oshirildi. Kerakli futbolchi zaxiraga olindi...
- Bizni o‘z pozitsiyamiz bor. Ko‘rgan bo‘lsangiz, 5-4-1 taktik-sxemasiga o‘tayotgandik. Natijani saqlab qolish ko‘zda tutilgandi. Agar 1:0 hisobida yutganimizda zaxira to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida fikr bildirilmasdi.
Vitaliy LevchenkoNeftchi TuronO'yin KurashlarE'tiborsizlik O'qitishBellashuv SababiTaktik Sxema O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar