FIFA O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan jahon chempionati mezbonini e’lon qildi


FIFA o‘zining rasmiy sayti orqali U20 futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi mezbonini e’lon qildi. Turnir Argentinada bo‘lib o‘tadi.
Manbaga ko‘ra, Janubiy Amerika qit’asida o‘tadigan ushbu musobaqa joriy yilning 20 may kunidan 11 iyun kunigacha davom etadi.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan oy Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu mundialda ishtirok etadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi esa 21 aprel kuni Shveytsariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq U20 jahon chempionati mezbonligi Indoneziyadan olib qo‘yilgan edi.































Izohlar 0
…