
Joriy yilning 25 aprel kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida sambo bo‘yicha ochiq turnir tashkil etiladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, jahon chempioni, Sobiq Ittifoq sport ustasi A.V.Kochedikov xotirasiga bag‘ishlangan mazkur turnirda 2007-2009 yillarda tug‘ilgan sambochilar 9 ta vazn toifasida kurash olib borishadi.
Bellashuvlar poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasida o‘tkaziladi. Musobaqa soat 10:00da, tantanali qism esa 17:00da boshlanadi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Sambo TurniriToshkent ShahriO‘zbekistonA.V.KochedikovBellashuvlarSport Majmuasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar