23:10 / 22.04.2023
184

Maksim Shatskix: "Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag‘lub eta olmaymiz"

Maksim Shatskix: "Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag‘lub eta olmaymiz"
Kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda amaldagi chempion irodali tarzda g‘alabaga erishdi, yakuniy hisob 2:1. Uchrashuvdan so‘ng "Paxtakor"  jamoasi bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
 
- O‘yin haqida qisqacha fikrlaringiz?
- Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgan edik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Bugun o‘ylaymanki, muxlis namoyish etgan o‘yinimizdan rozi bo‘ldi. "OKMK" yaxshi jamoa, Mirjalol aka boshqargan jamoalar har doim yaxshi o‘yin namoyish etishadi va aqli futbol o‘ynashadi. G‘alabaga erishdik va eng muhimi shu deb o‘ylayman.
 
- Jamoaning birinchi taymdagi o‘yiniga baho berib o‘tsangiz?
- Birinchi taymda yaxshi o‘yin namoyish eta olmadik. Bunga sabab ko‘p futbolchilarimizdan foydalana olmayotganimiz. Dilshod bugun yarim yil deganda birinchi uchrashuvini o‘tkazdi va u ham bo‘lsa o‘zining pozitsiyasida emas, shu sabab birinchi bo‘lim biz o‘ylagandek o‘tmadi. Tanaffusda bir nechta kichik o‘zgartirishlarga qo‘l urdik va ikkinchi taymda o‘yinimizni ancha yaxshilab oldik. Birinchi taymda quyosh xalal berdimi bilmayman, ikkinchi taymda o‘zimizning o‘yinimizni namoyish eta boshladik.
 
- Superligada 7ta tur uchrashuvlarini o‘tkazdingizlar va sekin astalik jamoalar o‘yinini tahlil qilsa bo‘ladi. "Paxtakor" 7ta turning barcha uchrashuvlarida gol o‘tkazib yubormoqda. Bunga sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Men avvalgi matbuot anjumanlarida ham bu narsani ta’kidlab o‘tgan edim. Mashg‘ulot jarayoni to‘g‘rilashingiz kerak bo‘lgan muammo bo‘lmasa, mashg‘ulot olib borish zerikarli bo‘lib qoladi(kuladi). Biz bu muammolar ustida ish olib bormoqdamiz. Biz nafaqat milliy chempionatga tayyorlanmoqdamiz, balki bir daraja kattaroq uchrashuvlarga ham tayyorgarlik ko‘rayapmiz.
 
Misol uchun "Paxtakor"ning deyarli barcha a’zosi terma jamoa o‘yinchisi hisoblanadi. Terma jamoa tarkibida o‘ynayotgan vaqti esa futbolchi bizning yuzimiz. Biz televizor orqali o‘yinni tomosha qilib, ular "Paxtakor" futbolchilari ekanligi uchun mag‘rurlanadigan darajaga chiqishni niyat qilganmiz va shu darajaga erishish uchun harakat olib bormoqdamiz.
 
- Bugungi g‘alaba Saitovning individual mahorati evaziga qo‘lga kiritildimi?
- Yo‘q, fikringizga qo‘shilmayman. Men har doim ta’kidlab o‘tganman, bizda hamma hujumga o‘tadi va hamma himoyalanadi. Individual mahorat har bir futbolchida bo‘lishi kerak. Masalan o‘sha Saitov gol bo‘lishi uchun to‘pni qanotdan raqibning jarima maydonchasiga yetkazib beradi, lekin to‘p qanot o‘yinchisiga yetib kelgunga qadar, boshqa futbolchilar mehnat qilishadi. Golda ham shunday vaziyat.
 
- "Paxtakor" bugun o‘zgarishlarsiz o‘ynadi va uchrashuv so‘ngida Turg‘unboyev va Alijonovlar charchab qolishgani yaqqol ko‘zga tashlandi. O‘yinni buzib qo‘ymaslik uchun bugun o‘zgarishlarga qo‘l urmadingizmi?
- Bunday uchrashuvda maydonda harakat qilish juda qiyin, o‘z tajribamdan kelib chiqib ham shuni ayta olaman. Qo‘shimchasiga bizning zaxira o‘rindig‘imizda hozir futbolchilar soni ancha kamaygan. Agar uchrashuv so‘ngida qaysidir futbolchini almashtirsam, u o‘yinga kirishib keta olmasligi mumkin edi.
 
- Fikringizcha, "Paxtakor"ga chempionlik poygasida asosiy raqobatchi kim?
- Musobaqani o‘zingiz kuzatib boryapsiz. Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag‘lub eta olmaymiz, xoh u yetakchi bo‘lsin, xoh "autsayder". Barcha chempionatlarda shunday holat, har bir raqibga individual tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, lekin o‘zimizning uslubimizdan kelib chiqib.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag‘lub eta olmaymiz"