17:10 / 29.04.2023
208

Qatar shayxi “Manchester Yunayted”ni sotib olish bo‘yicha so‘nggi taklifni yubordi

Qatar shayxi “Manchester Yunayted”ni sotib olish bo‘yicha so‘nggi taklifni yubordi
Qatar shayxi Jassim ibn Hamad at-Tani “Manchester Yunayted” klubini sotib olish uchun so‘nggi 5 milliard funtlik taklif yubordi.
 
Xabarga ko‘ra, Jassim ibn Hamadning taklifi ichiga jamoa va uning infrastrukturasiga sezilarli darajada qo‘shimcha investitsiya kiritish ham kiradi.
 
Shu vaqtga qadar sport klubi uchun hech qachon 5 milliard funtdan ko‘proq pul taklif qilinmagan. Ayni paytda sport klubini sotib olish bo‘yicha eng yirik bitim 2022 yilda tuzilgan. Unda Amerika futboli jamoasi “Denver Broks” 4,65 millard dollarga (3,75 milliard funt) sotilgan.
 
Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, Gleyzerlar rekord darajadagi pul taklif qilingan bo‘lsa ham, at-Tanining taklifini rad etishi mumkin. Klub xo‘jayinlari jamoa uchun 6 milliard funt olishni xohlamoqda.
 
At-Tani “Manchester Yunayted”ning yuz foiz aksiyalarini sotib olmoqchi. Bu istak faqatgina qatarlik investorlarda bor. Ular bunday katta klubga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun ortiqcha pul to‘lashga rozi bo‘lishi mumkin.
 
Avvalroq Manchester Yunayted” egalari klubni sotib olishga qiziqish bildirayotganlar uchun yakuniy taklifni berishlari uchun muddat belgilagandi. Shuningdek, klubni sotib olgan investor arenani rekonstruksiya qilish yoki yangi stadion qurishi kerakligi va bu yana 2 milliard funtga tushishi xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar shayxi “Manchester Yunayted”ni sotib olish bo‘yicha so‘nggi taklifni yubordi