
Bugun boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. O‘zbekistonlik bokschilardan birinchi bo‘lib -60 kg vazn toifasidagi Mujibillo Tursunov ringga ko‘tarildi.
Yurtdoshimiz hindistonlik Varinder Sinhga qarshi ringga ko‘tarildi. Mujibillo Tursunov 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Bizni qo‘llab - quvvatlagan hammaga rahmat. Muxlislar yaratgan atmosferaga gap yo‘q. Ota-onamiz, ustozlarimiz, bizga ishonch bildirgan federatsiyamizga kattakon rahmat aytamiz. Bildirilgan ishonchni oqlab, vatanimiz bayrog‘ini balandga ko‘tarishga, jahon chempioni bo‘lishga va’da beramiz.
Birinchi bo‘lib ringga chiqish ancha mas’uliyatli bo‘lar ekan. Hayajon, bosim bo‘ldi. Allohga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘lib jangni yutib oldik. Bundan buyog‘iga ham chiroyli janglar bilan g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, - dedi Mujibillo Tursunov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar