
Boks bo‘yicha jahon chempionatida -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev Puerto-Riko vakili Manuel Febusga qarshi ringga chiqdi. Hamyurtimiz raqibiga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng Ruslan Abdullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi jang juda yaxshi bo‘ldi. Allohga shukr, jahon chempionatidagi jangni g‘alaba bilan boshlab oldik. Endi keyingi raqiblarga qarshi bellashuvga yaxshilab tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadim - jahon chempionligini qo‘lga kiritish. Murabbiylarimga rahmat aytaman.
Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Jahon chempionatiga eng kuchli sportchilar keladi. Mana ilk jangni yutib oldim. Ozgina bosim bo‘ldi. Muxlislarga rahmat aytaman, - dedi Ruslan Abdullayev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar