
Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning "Navbahor" jamoasi Qarshida “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 52 marta ro‘baro‘ kelishgan.
Ushbu o‘yinlarning 22 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 16 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 79-67, “Nasaf” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 82 ochkoni, “Navbahor” esa 58 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.
“Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari bungacha Qarshida 26 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 18 tasida qarshiliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 3 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 5 ta o‘yinda esa namanganliklar g‘alaba qozonishgan.
Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “ajdarlar” “Navbahor” darvozasini 54 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, “lochinlar” “Nasaf” darvozasiga 24 ta to‘p kiritishgan.
Ta’kidlash joizki, “Navbahor” so‘nggi 5 yildan buyon Qarshidan ochko bilan qaytmoqda. 2018 yili va 2020 yillarda “lochinlar” durangga erishgan bo‘lishsa (1:1, 2:2), 2019, 2021 va o‘tgan mavsumda Qarshidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi 7 may kuni Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohida soat 19:00 da boshlanadi.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar