Mario Balotelli tungi klubdagi mushtlashuvda ishtirok etdi

"Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli shanba oqshomida Breshia provinsiyasining Lonato del Garda shahridagi tungi klublardan birida mushtlashuvda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda uff.uz.
Avvaliga Balotelli bir necha muxlislar bilan suratga tushgan. Ular tungi klubdan avtobusda ketishga hozirlanishayotgan edi. Ammo shundan so‘ng noma’lum sababga ko‘ra mushtlashuv kelib chiqqan va 33 yoshli inson kasalxonaga tushib qolgan. Uning qo‘li avtobusdagi chiptalarni tekshiradigan moslama orasiga tushib qolgan va oqibatda uchta barmog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ir kelgan.
Mario Balotelli shu munosabat bilan mushtlashuv ishtirokchisi yoki guvoh sifatida polisiyada so‘roq qilinishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsumni "Milan"da ijara asosida o‘tkazgan va endi "Liverpul"ga qaytishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing