Qiyin kechgan bahsda Italiya Belgiyadan ustun keldi

Italiya terma jamoasi juda qiyin kechgan bahsda Belgiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda tashabbus belgiyaliklar tomonida bo‘ldi. Ular raqib darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir etishdi.
10-daqiqada Nainggolan uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi, Buffon to‘pni qaytara oldi. Oradan biroz o‘tgach Raja yana bir marta uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, bu safar to‘p juda noaniq ketdi.
32-daqiqada hisob ochildi. Bonuchchi maydon markazidan to‘pni Jakkeriniga aniq etkazib berdi. U esa jarima maydoni ichida darvozabon bilan yolg‘iz qolib, ajoyib zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi!
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Italiya hisobni oshirishi mumkin edi. Parolo to‘pni boshi bilan jarima maydoni markaziga oshirganida, Pelle yaqin masofadan zarba berdi, biroq to‘p noaniq ketdi.
Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Belgiya katta kuch bilan hujumga otlandi. Lukaku, Azar va Origida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo italiyaliklar bugungi o‘yinda hatoga yo‘l qo‘yishmadi.
So‘nggi daqiqalarda esa belgiyaliklar raqibning qarshi hujumini o‘tkazib yuborishdi. Kandreva to‘pni egallab, jarima maydoniga kirib keldi va Pellega oshirdi. Grasiano to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘llab, hisobni oshirdi.
13 iyun, Lion, «Stad de Lion»
Belgiya – Italiya 0:2 (0:1)
Gollar: Jakkerini (32), Pelle (90+2)
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Siman (Ferreyra Karrasko, 75), Vermalen, Vitsel, Nainggolan (Mertens, 62), Fellayni, de Bryuyne, Azar, Lukaku (Origi, 73).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Darmian (De Shilo, 59), Bardzali, Parolo, Kandreva, de Rossi (Motta, 78), Jakkerini, Pelle, Eder (Immobile, 75).
Ogohlantirishlar: Kellini (65), Eder (75), Bonuchchi (78), Motta (84), Vertongen (90).
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing