
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-60 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov marokashlik Muhammad Hamudga qarshi ringga ko‘tarildi va yakuniy 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qullab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat. Keyingi kuchli raqiblar bilan ham janglarda qo‘llab turishingizga ishonamiz. Bizga berilgan ishonch quch-quvvat beryapti.
Raqibimning kuchli jihati charchamay yaqin kelaverar ekan. Qiyinchilik bo‘ldi. Bundan hulosa chiqaramiz.
Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdim. Hammasiga tayyormiz. Shunday janglarga tayyorlandik. Endi barchaning ishonchini oqlab, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga va’da beramiz, - dedi Mujibillo Tursunov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar