Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev qozog‘istonlik Sagindik Tagambayga qarshi ringga ko‘tarildi. Ajoyib jangda Shohjahon 5:0 hisobida raqibini yengdi. Jangdan so‘ng Shohjahon Abdullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Mana bugun ikkinchi jangimni o‘tkazib oldim. To‘g‘ri, jang og‘ir kechdi. Murabbiylarimizning taktikasi bilan yutib oldik. Keyingi janggacha o‘zimni tiklab, butun xalqimizni xursand qilishga harakat qilaman. Muxlislarning olqishidan murabbiylarning ko‘rsatmalarini yaxshi eshitmayapman. Ular juda zo‘r dalda beryapti.
Toshkentdagi jahon chempionatiga ancha tayyorgarlik ko‘rdik. Taktikalar ishlab chiqqanmiz. Chempion bo‘lish uchun hammani yutish kerak. Shuning uchun har qanday raqib bilan qachondir to‘qnash kelamiz, - dedi Shohjahon Abdullayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin