
"Qizilqum" klubida kutilgan o‘zgarish amalga oshdi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
"Xabaringiz bor, joriy mavsumni jamoamiz qashqadaryolik mutaxassis Asror Aliqulov boshchiligida boshlagan edi.
Bosh murabbiyning arizasiga ko‘ra, Asror Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. “Qizilqum” klubi Asror Choriyevichga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
Navoiylik muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan turkmanistonlik mutaxassis Tachmurad Agamuradov jamoa bosh murabbiy vazifasi bajaruvchisi etib tayinlandi", - deyiladi klub bayonotida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar