Toshkent ilk marotaba mezbon qilayotgan kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionatida chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan eng kuchli bokschilar saralanib bormoqda.
13 vazn toifasida o‘tkazilgan chorak final bahslarida g‘olib chiqqan charm qo‘lqop ustalari o‘zlari uchun kamida bronza medalni naqd qildi va jahon chempionligi uchun kurashni davom ettirish imkonini saqlab turibdi.
Jahon chempionatining eng kutilgan janlaridan biri aynan chorak finalga to‘g‘ri keldi. O‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschilar – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayevning o‘zaro to‘qnashuvi boks olami mutaxassislari, dunyodagi ko‘plab muxlislar e’tiborini tortdi.
Ringdagi to‘qnashuv Bahodir Jalolovning yaqqol ustunligida o‘tdi. Tajribali bokschimiz bo‘y-bastidagi ustunlikdan unumli foydalandi. Murabbiylar tomonidan tanlangan taktika ham samarali bo‘ldi.
Jalolov uchrashuv jarayonida Qamshibek Kunkabayevga hech qanday imkoniyat bermadi. Jang to‘liq Bahodirning nazorati ostida o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda, haqqoniy g‘alaba. Buni hakamlar ham bir ovozdan tasdiqladi.
Qamshibek Kunkabayev jangdan keyin o‘z mamlakati matbuotiga Bahodir Jalolovga qarshi o‘tkazilgan bellashuvga oid fikrlarini bildirdi.
- Hammaga assalomu alaykum. Birinchi navbatda, meni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan murabbiylarga minnatdorlik bildirmoqchiman.
Jang oson bo‘lgani yo‘q, o‘zlaring guvohi bo‘ldinglar. Bahodir mening azaliy raqibim.
Jangda murabbiylar tanlagan taktika rejadagidek ketmadi. Endi xatolar ustida ishlaymiz. Kuchliroq bo‘lib qaytamiz va bayrog‘imizni baland ko‘taramiz. Men bunga ishonaman.
Bizni g‘alabalarda ham, mag‘lubiyatlarda ham qo‘llab-quvvatlang. Qolgan yigitlarga omad va uyga oltin medallar bilan qaytishini tilab qolaman, - dedi Qamshiyek Kunkabayev.
Boks olamida o‘zbek va qozoq charm qo‘lqop ustalariga “el-klasiko” darajasida e’tibor qaratiladi. Har ikki mamlakat vakillari ham dunyoda eng kuchlilardan ekani tan olingan.
Xususan, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev raqobati 2015 yildan beri davom etib kelmoqda.
Hozircha, bu ikki pahlavon o‘zaro to‘qqiz marotaba jang qilgan. Shulardan oltitasida Jalolov va uchtasida Kunkabayev zafar quchgan. O‘zaro uchrashuvlarda Bahodir Jalolovning g‘alabali seriyasi ketma-ket beshta jangni tashkil qilyapti.
Ta’kidlash joizki, Bahodir va Qamshibek faqat ringda, sport prinsiplari asosida bir-biriga raqib hisoblanadi. Ringda tashqarida ular do‘stona munosabatga ega.
Buni chempinat janglari boshlanishidan oldin har ikki bokschi o‘zaro uchrashib, suhbatlashganidan, jangdan keyin Bahodir Qamshibekni qo‘llab-quvvatlaganidan, ular jang maydonini bir-birini quchoqlagan holda do‘stona gaplashib tark etganidan ham bilib olsa bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin