
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Shoxruxiya shaxristoni» arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani aniqlandi.
Oqibatda, ushbu yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy obyektga juda ko‘p miqdorda 315 mln. so‘m zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari «H.Olimjon» mahallasida joylashgan «Qiyritepa» arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshoatining qurilishiga yo‘l qo‘yishi oqibatida tarixiy obyektga juda ko‘p miqdorda 180 mln. so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oqqo‘rg‘on TumaniMadaniy MerosArxeologiya YodgorligiXususiy KorxonaTarixiy ObyektJinoyat Ishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar