Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mo‘g‘ulistonlik Misheyelt Battumur bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda bokschimizning qo‘li baland keldi - 5:0. Shu tariqa, Asadxo‘ja finalga yo‘l olgan uchinchi bokschimiz bo‘ldi.
Jangdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Yarim finalga kuchsiz raqib chiqmaydi. Hamma o‘ziga yarasha tayyorgarlik, taktikasi bilan ringga yutaman, deb chiqadi. Mana chiroyli g‘alabaga erishdik. Jangda murabbiylarimiz bilan raqibni o‘rganib, to‘g‘ri taktika qo‘llab, g‘alabaga erishdik.
Jahon chempionati har bir sportchining orzusi. Finalga yaxshi tayyorgarlik, kuchli ruhiyat bilan chiqib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ruhiy kuch beryapti. Ularning qo‘llashi bilan jahon chempioni bo‘lamiz, inshaalloh.
Finaldagi qozog‘istonlik raqibimga avval Osiyo chempionatida yutqazgandim. Xatolar ustida ishlayapmiz. Nasib qilsa, chiroyli g‘alabaga erishamiz, - dedi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi