Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Gollar va qizil kartochkaga guvoh bo‘ldik. “Metallurg” o‘z maydonida doim tartibli harakat qiladi. Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz rejamizni buzib yubordi. Shunga qaramasdan, o‘tkazib yuborilgan goldan keyin himoyada tartibli o‘ynadik va hujumdagi imkoniyatlardan unumli foydalandik. Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va irodali g‘alabaga erishdik.
Yangi murabbiy qo‘l ostida “Metallurg”ning o‘yin sxemasida o‘zgarish bo‘lmagan. Jamoa 3 nafar markaziy himoyachi bilan to‘p tepmoqda. Bekobodliklarning o‘yin uslubiga tayyor edik.
Birinchi bo‘limda ikkita qulay imkoniyatni golga aylantira olmadik. Ikkinchi taymda 10 kishi qolgan bo‘lsak ham jamoamiz jipslashgan holda kerakli natijaga erishdik”, – dedi Toshpo‘latov.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi