
Yengil atletika olamida uzoq masofalarga yugurish bo‘yicha bir qator yo‘nalishlar bo‘lib, ularda jahon rekordlari yuritib boriladi. Litvada o‘tgan Nord Security World's Fastest Run musobaqasida 100 kmga yugurish dasturida yangi jahon rekordi qayd etildi.
Ushbu rekordga litvalik Aleksandr Sorokin mualliflik qildi. Sportchi masofani 6 soat, 5 daqiqayu 35 soniyada bosib o‘tdi. Bu avvalgi rekord sohibi yaponiyalik Nao Kazamining natijasidan (6:09:14) 3 daqiqayu 39 soniyaga yaxshiroq ko‘rsatkich bo‘ldi. Sorokin marafon masofasini (42 km, 195 m) bosib o‘tish uchun 2:32:30 vaqt sarflagan. Poyga Litva poytaxtida 19 daraja iliq havoda o‘tkazilgan.
Manba: MOQ
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar