U-20 jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Argentina U-20 - O‘zbekiston U-20 uchrashuvidan so‘ng mezbonlar hujumchisi Valentin Karboni mikst-zonada intervyu berdi.
"Bugungi g‘alabadan xursandmiz. Ushbu seriya davom etishi kerak, bu hali boshlanishi. Menga o‘yinimiz yoqdi, biz jamoaviy harakat qila oldik. Lekin to‘g‘rilashimiz kerak bo‘lgan kamchiliklarimiz ko‘p. Jahon chempionatining dastlabki o‘yinida jamoa muxlislarining qo‘llab-quvvatlovi ostida g‘alaba qozonish yoqimli tuyg‘u sanaladi.
O‘zbekiston juda qiyin raqib edi. Biz ulardan shunday o‘yinni kutgandik. Raqibning yaxshi o‘yin namoyish etishini oldindan bilardik. Baxtimizga hisobda ortda qola turib, natijada tezda o‘zgartira oldik. Bu bizni biroz tinchlantirdi va o‘yinni nazorat qilishimiz uchun xotirjamlik taqdim etdi. Ba’zi vaziyatlarda yaxshi harakat qildik, ba’zilarida qiyinchilikka duch keldik. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.
G‘alabani menga hamroh bo‘lgan va stadiondan turib qo‘llab-quvvatlagan otam, onam, singlim, shuningdek, Yevropadan yetib kela olmagan ikki aka-ukamga bag‘ishlayman", dedi "Inter" hujumchisi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi