12:54 / 26.05.2023
289

O‘zbekiston U-20 terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyati qanday?

Foto: O‘FA

Argentina maydonlarida o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 3-tur bahslari O‘zbekiston vaqti bilan 26-maydan 27-mayga o‘tar kechasi start oladi.

A guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlari 3-tur o‘yinini Gvatemalaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 27-mayga o‘tar kechasi 02:00 da boshlanadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari so‘nggi tur oldidan 1 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

2-turdan keyin A guruhidagi holat
Foto: FIFA

O‘zbekiston U-20 terma jamoasining holati haqida:

  • O‘zbekiston Gvatemalani 2+ gol farqi bilan yutsa, Argentina Yangi Zelandiyani har qanday hisobda mag‘lub etsa — O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga chiqadi.
  • O‘zbekiston Gvatemalani bitta to‘p farqi bilan yutsa, Argentina Yangi Zelandiyani 2+ to‘p farqi bilan yutsa — O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oladi.
  • O‘zbekiston Gvatemalani bitta to‘p farqi bilan yutsa, Argentina ham Yangi Zelandiyani 1 ta to‘p farqi bilan yengsa — O‘zbekiston 3-o‘rinda qoladi.
  • O‘zbekiston Gvatemalani har qanday hisobda yutsa, Yangi Zelandiya Argentinaga yutqazmasa — O‘zbekiston 3-o‘rinda qoladi.
  • O‘zbekiston Gvatemala bilan durang o‘ynasa — narigi o‘yinda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar O‘zbekiston 3-o‘rinda qoladi.
  • O‘zbekiston Gvatemalaga yutqazib qo‘ysa — narigi o‘yinda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar O‘zbekiston 4-o‘ringa tushib ketadi.

Qayd etish kerak, oltita guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rtta 3-o‘rin egasi ham pley-offga yo‘l oladi. Agar O‘zbekiston 4 ochko to‘plab, 3-o‘rinda qolib ketsa 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoladi.


U-20 JCH—2023

26/27-may

B guruhi

  • Ekvador — Fiji 23:00
  • Slovakiya — AQSH 23:00

A guruhi

  • O‘zbekiston — Gvatemala 02:00
  • Argentina — Yangi Zelandiya 02:00

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-20 terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyati qanday?