120
Dragan Cheran: "Bu yil to‘purarlikni hech kimga bermoqchi emasman. 35 yosh? U faqat pasportda bo‘ladi"
Murabbiy Maksim Shatskix shu kuni jamoaning yetakchisi, to‘purari Daragan Cheranga dam olish imkonini berdi. Serbiyalik futbolchi esa uchrashuvni alohida mehmonlar joy oladigan o‘rindiqda emas, biz bilan media tribunada kuzatdi. Tanaffusda esa unga o‘zimni qiziqtirgan ayrim savollarga javob oldim.
- Bu yilgi chempionat "Paxtakor" uchun qanday o‘tyapti? Mavsum startidagi mag‘lubiyatlardan so‘ng jamoa ketma-ket g‘alabali seriya qayd etmoqda...
- Ha, mavsumni yomon boshladik. Ketma-ket mag‘lubiyatdan so‘ng muhimi o‘z vaqtida qayta oldik, deb o‘ylayman. Hozir g‘alabalar qozonmoqdamiz. Shu yo‘lda davom etishimiz kerak. G‘alabali seriyamiz yanada uzog‘ga cho‘zilishiga ishonchim komil.
- Jamoada natija bor, lekin o‘yin tomonlama maqtaydigan darajada emasdek taassurot qoldirayotgani keyinchalik bilinmaydimi?
- Ha, natija. Bu chempionlarga hos. Amaldagi chempionlikni saqlab qolish doim qiyin bo‘ladi. Menimcha bu ko‘p gol urib ochko yo‘qotgandan yaxshiroq. Hammada har xil kechadigan jarayon.
- Ayni paytda 8 nafar futbolchi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Ular orasidan Abbos Fayzullayev "Paxtakor"da muhim figuraga aylangandi. Uning o‘rni bilinyaptimi?
- Abbos yosh bo‘lishiga qaramay jamoaga yordam berishga harakat qilyapti. U deyarli asosiy tarkib futbolchimizga aylanib ulgurgan. Diyor Holmatov ham mana bu uchrashuvda maydonga tushib foyda keltirishga urindi. Umuman yoshlar doim e’tiborda. Ularga tajribamdan kelib chiqib maslahatlarimni berishga tayyorman.
- Yuqorida aytdikki, bir nechta futbolchilar terma jamoa bilan birga. Demak ularning o‘yinlarini kuzatyapsiz. Qaysi uchrashuvda g‘alabaga haqli edik?
- Argentina bilan juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. O‘zbekiston kamida durangga loyiq bo‘lgandi. Yangi Zelandiya bilan esa yakunda ajoyib kambek. G‘alaba qozonishlari mumkin edi. Ayniqsa ikkinchi bo‘limda raqibdan ancha ustun harakat qilishdi.
- Osiyo chempionatidagi O‘zbekiston bilan, Jahon chempionatidagi O‘zbekistonni solishtirish qanchalik to‘g‘ri?
- Mundial boshqa darajadagi musobaqa. Ular yosh, ayrimlarida hayajon, sarosima kuzatilyapti. Chunki yigitlarni butun dunyo ko‘rmoqda. Agentlar, skautlar kuzatmoqda. Har tomonlama qiyin.
- Bu yil to‘purarlikni hech kimga bermasangiz kerak?
- Albatta. Hech kimga bermoqchi emasman. Kimga berishim kerak? (kuladi). Kurash oxirigacha kechadi.
- Lekin raqobatchilaringiz ham oxirgi o‘yinlarda gollar urmoqda. Xebay, Zaymovich va hokazo...
- Raqobat doim bo‘lgan. Bu menga ham oldinga intilishimda yordam beradi, motivatsiya olaman. Ko‘ryapsizmi, to‘purarlar ro‘yxatidagi kuchli uchlikdagi barcha futbolchi legionerlar. Biz o‘zbek futboliga foyda keltiryapmiz, deya olaman. Ayrim jurnalistlar serbiyaliklar, legionerlardan nima foyda deyishadi, mana isboti.
- Yoshingiz 35da bo‘lishiga qaramay to‘purar bo‘lishni o‘ylamoqdasiz...
Yosh faqat pasportda bo‘ladi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Demak jamoamga naf keltirishda davom etaman.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi