A Seriya yakunlanishiga bir tur qolganida “Spetsiya” hamon quyi ligaga tushib ketish xavi ostida turibdi.
Leonardo Semplichi shogirdlari 37-turda o‘z maydonida “Torino”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Turinliklar mehmonda o‘ynaganiga qaramay, to‘rtta gol urdi. “Spetsiya” bitta g‘alaba orqali vaziyatni ancha o‘nglab olishi mumkin edi.
“Torino”ga qarshi bahsda Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi. Boy berilgan uchrashuvdan keyin “Spetsiya” bosh murabbiyi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Shubhasiz, men xafaman. Biz uchun o‘ta muhim uchrashuvda maydonda raqibga yetarli qarshilik ko‘rsata olmadik va bahs mana shunday yakunlandi. Ikkita gol o‘tkazgandan keyin maydonda yo‘qolib qoldik. Bundan bo‘lishi kerak emas edi. Asosiy aybni o‘zimga olaman, balki futbolchilarga bu o‘yinning naqadar muhimligini yetkaza olmagandirman.
Endi kamchiliklarni bartaraf etib, Rimda bo‘ladigan oxirgi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.
Bizda qiyinchilik bor. Bunday uchrashuvlar har doim bosim o‘tkazadi. Bugun o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Endi bir hafta davomida so‘nggi uchrashuvga tayyorgarlikni yanada puxta tashkil qilishimiz kerak.
Jamoa avvalgi o‘yinlardagidek edi. Men yarim himoyachilarni almashtirdim. Biz to‘pni nazorat qila olmadik. Bunga “Torino”ning mahorati ham sabab. Biz 0:2 ga qadar yaxshi o‘ynadik, keyin umuman hech narsani eplay olmay qoldik. Bosim va mas’uliyat bizga og‘irlik qildi. O‘yinda oxirigacha kurasha olmadik. Bundan bo‘lishi kerak emas.
Muxlislar norozi, ular boshqacha jamoani ko‘rishni istaydi va ular bugun e’tiroz bildiriga haqli. Ayniqsa, oxirgi 20 daqiqadagi o‘yinimiz hech narsaga yaramaydi. Bu holat nafaqat muxlislarga, balki o‘zimizga ham yoqqani yo‘q.
Mag‘lubiyatga kimlar sababchi bo‘lgani haqida gapirishdan endi ma’ni yo‘q. Verde yanxshi tayyorlangan edi. Kaldara tayyor emasdi. Murakkab holatga tushib qoldik, ayrim o‘zgarishlarni qilishga majbur bo‘ldik. Endi mag‘lubiyatni unutib, boshqacha ishtiyoq bilan oxirgi bahsga tayyorlanish shart. Yo‘qotadigan narsamiz qolmadi va faqat oldinga intilishimiz kerak.
Biz uchrashuvda Mbala Nzolaga hujumda ko‘proq imkoniyat yaratib berishni ko‘zlagandik. Uni raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqarishni rejalashtirgandik. Unga 20 marotaba to‘p oshirsak, qiynalib qolyapti. Shuning uchun hujumni turlicha tashkil qilmoqchi bo‘ldik.
Taktik sxemalar ham har doim kutilgan natijani bermaydi. 3-5-2 sxemasida birorta gol o‘tkazmadik. To‘rt himoyachiga o‘tsak, ahvolni ko‘rdingiz. Ayrim o‘yinchilarning yo‘qligi 3-5-2 sxemasini qo‘llash imkonini bermadi. O‘yinga moslashishga harakat qildik.
Keyingi bahsga tayyorlanish jarayonida g‘oyalarimizni keskin o‘zgartiramiz. Hammasini boshidan boshlaymiz.
Ko‘p narsada xato qildik, o‘zimizni oqlashimiz noto‘g‘ri. Vaziyatga real baho berish kerak. Asosiy mas’uliyat mening bo‘ynimda.
Shu o‘rinda, Eldor Shomurodovni o‘yinga tushirmaganim vaziyat taqozosi ekanini ayib o‘tishim kerak.
Rimda bo‘ladigan oxirgi tur uchrashuvida o‘zimizni boshqa tomondan ko‘rsatishga harakat qilamiz, - dedi Leonardo Semplichi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi