
Argentinada davom etayotgan U-20 Jahon chempionatining nimchorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Argentina Nigeriyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Italiya Angliyani taslim qildi.
Argentina - Nigeriya uchrashuvida 61-daqiqaga kelib, Muhammad hisobni ochdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Sarki oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa, Argentina o‘z yurishini nimchorak finalda tugatdi. Maskerano shogirdlari O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olib, barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib kelayotgandi.
Angliya - Italiya uchrashuvining 8-daqiqasida Baldanzi jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Devayn imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Kasadei g‘alaba golini urib ketdi.
Chorak finalga o‘tgan Italiya keyingi bosqichda Kolumbiyaga qarshi, Nigeriya esa Ekvador - Janubiy Koreya to‘qnashuvining g‘olibi bilan o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar