YECHLda bugun final: "Manchester Siti" "Inter"ga qarshi o‘ynaydi


Bugun klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa - Yevropa chempionlar ligasi final o‘yini o‘tkaziladi.
Mazkur hal qiluvchi bahsda Angliyaning "Manchester Siti" klubi Italiyaning "Inter" klubiga qarshi o‘ynaydi.
Ushbu o‘yinga Istanbulning "Ataturk Olimpiya stadioni" mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
O‘yinni polshalik hakam Simon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…