
"Inter" prezidenti Stiven Chjan YECHL finali oldidan fikrlarini bildirdi.
"To‘g‘risini aytsam, buni faqatgina orzu qilardim. Ligalar o‘rtasidagi farqni inobatga olsak, bu darajaga yetib kelish ilojsiz deb hisoblaganman. Biroq futbol doimo quvnoq, unda pullar doim ham g‘alaba qozonmasligi mumkin. Pullarni futbolda g‘oyalar, ehtiros va e’tiborga almashtirish mumkin. Umid qilamanki, ertaga shunday bo‘ladi.
YECHLdagi g‘alaba qanday bo‘lishini ko‘p marta o‘yladim. Oldin bu haqida o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. Lekin hozir biz finaldamiz va sovrin uchun harakat qilamiz. Barchamiz birdammiz. Inzagi aytganidek, bizda qo‘rquv yo‘q. O‘zimizga ishonamiz", - dedi Stiven Chjan.
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 