16:08 / 10.06.2023
119

Branko Ivankovich: "CAFA Nations Cup"ga katta maqsadlarni ko‘zlab keldik"

Branko Ivankovich: "CAFA Nations Cup"ga katta maqsadlarni ko‘zlab keldik"
O‘mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich va futbolchi Halil Al Sa’diy CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan matbuot anjumanida qatnashishdi.
 
- Musobaqa haqida
- Birinchi navbatda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga taklif uchun rahmat. Biz turnirda ishtirok etayotgan jamoalardan biri ekanligimizdan xursandmiz. Bu uchrashuvlar biz uchun juda muhim. Shuningdek, bu bahslar oldimizda turgan Osiyo Kubogi va JCH saralash o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Ayrim futbolchilarimiz turli sabablarga ko‘ra musobaqaga yetib kela olmagan. O‘zbekistonga ilk bor kelishim emas, bundan avval "Persepolis" jamoasi bilan ikki marta bu yerga kelganman.
 
Murabbiydan keyin Halil Al Sa’diy fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yinchi sifatida bu musobaqada qatnashish biz uchun muhim deb hisoblayman. Bu murabbiyimiz aytganidek, Osiyo Kubogi va JCH saralash o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Biz turnirda munosib qatnashish uchun borimizni beramiz.
 
- Siz kelgan davr bilan solishtirganda o‘zbek futboli darajasi qanchalik o‘zgargan?
- O‘ylashimcha, katta farq yo‘q. Ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi juda kuchli va tajribali mutaxassisga ega. Bu jamoaga qarshi o‘ynash biz uchun qiziq bo‘ladi. Qolaversa, yangi stadion ham yaxshi ekan.
 
- Eron terma jamoasi musobaqaga asosiy tarkib bilan kelishi ma’lum qilindi. Bu holat boshqa jamoalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatiga qay darajada ta’sir qiladi?
- Kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda qatnashish jamoamiz uchun foydali, chunki jamoamiz turli xil darajadagi, har xil uslubdagi jamoalar bilan to‘qnashadi. Umuman olganda, Eron terma jamoasi tarkib bo‘yicha eng kuchlisi.
 
- O‘mon termasi musobaqadagi sirli jamoa, ya’ni CAFA vakili emas. Boshqa jamoalar terma jamoangizdan nimalarni kutishi kerak?
- Men murabbiy bo‘lib kelganimda katta farq sezmadim, chunki kim bilan va qayerda o‘ynashimizning farqi yo‘q. Har bir bahsga jiddiy qaraymiz. Biz bu yerga shunchaki o‘ynab ketish uchun kelmadik.
 
- O‘mon termasi musobaqani mezbon O‘zbekistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bosim bo‘lishidan kelib chiqsak, O‘mon himoyaviy o‘yin ko‘rsatadimi?
- Bosim bo‘lishi tabiiy. Qanday o‘ynashimizni maydonda ko‘rishinigiz mumkin. O‘zbekiston kuchli jamoa, ularning avvalgi 3 ta o‘yinini ko‘rdim, lekin bu men uchun unchalik syurpriz bo‘lmadi. Hammasini ertaga maydonda ko‘ramiz.
 
O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Srechko Katanes tarkibga yosh futbolchilarni jalb qilgan. Bu ham biz uchun qandaydir kutilmagan holat bo‘lishi mumkin.
 
- Guruhdagi boshqa raqiblar – Turkmaniston va Tojikiston xususida nima deya olasiz?
- Men Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petar Segrtni anchadan beri taniyman. Uning jamoalari har doim yaxshi o‘ynaydi. Sal oldin aytganimdek, bu yerga katta maqsadlarni ko‘zlab keldik. Har bir o‘yinda eng yaxshi o‘yinlarimizni ko‘rsatishga urinamiz. CAFA tashkilotchilariga bizni mehmon sifatida chaqirishgani uchun rahmat aytaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Branko Ivankovich: "CAFA Nations Cup"ga katta maqsadlarni ko‘zlab keldik"