239
Srechko Katanes: "Uch o‘yinda har xil tarkibdan foydalanamiz, sababi yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazib olishimiz kerak"
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes va terma a’zosi Jaloliddin Masharipov CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Musobaqa haqida
- Barcha biladi, biz ushbu turnirga tayyormiz. Bir nechta yig‘inlar orqali ko‘p o‘yinchilarni sinab ko‘rdik. Ayrim sabablarga ko‘ra asosiy tarkibdagi futbolchilarimiz bizga yordam bera olishmaydi, shu sabab yangi va yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Agar ular o‘zini yaxshi namoyish etsa, terma jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishadi. Ushbu musobaqa Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik bo‘ladi.
Katanetsdan so‘ng Jaloliddin Masharipov ham musobaqa xususida fikrlarini bildirdi.
- Ushbu musobaqa Osiyo Kubogiga tayyorgarlik uchun yaxshi amaliyot bo‘ladi. Fikrimcha, Osiyo Kubogiga qadar kuchli terma jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerak. O‘mon va Eron kabi terma jamoalar bilan o‘yinlarda tajribaga ega bo‘lamiz. O‘mon terma jamoasi bilan o‘tgan Osiyo Kubogida ham o‘ynagan edik va o‘sha o‘yinda qiyin g‘alabaga erishganmiz. O‘mon terma jamoasining o‘yini juda yaxshi shakllangan.
- O‘tgan Osiyo Kubogi doirasidagi O‘mon terma jamoasiga qarshi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yangi yulduzi Eldor Shomurodov kashf etilgan edi. Ertangi O‘monga qarshi kechadigan uchrashuvda biz yangi yulduzning kashf etilishiga umid qilsak bo‘ladimi?
- Hozir ixtiyorimizda bor-yo‘g‘i bir nafar hujumchimiz bor. Bobir kecha terma jamoaga qo‘shildi. Bizda boshqa variant yo‘q. Biz futbolchilarni har xil uslubda sinab ko‘rmoqchimiz. Ertaga ko‘ramiz, qanday o‘yin bo‘ladi. Yosh futbolchilarga keladigan bo‘lsak, Abduqodir va Abbos yoshlar terma jamoasida juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi, lekin hozir ular terma jamoada va kattalar bilan o‘ynash oson bo‘lmaydi. Ular ertaga o‘ynashi aniq emas, sababi bizning raqib juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Branko jamoani ancha vaqt tayyorladi. O‘mon terma jamoasi ham futbolchilar bo‘yicha katta tanlovga ega emas, ular ham bizga o‘xshagan holatda.
- O‘zbekiston terma jamoasi bilan ishlayotganingizga ikki yil bo‘ldi. Hozirgi kunda Katanes xohlagan terma jamoa va bosh murabbiy istayotgan o‘yin darajasiga erishildimi? Sababi buyog‘iga "eksperiment" qilishga vaqt yo‘q. Osiyo kubogiga ham 6 oy vaqt qoldi...
- Yetarlicha vaqt bo‘lmadi. Ushbu musobaqadan oldin bor-yo‘g‘i bir necha kun mashg‘ulot olib bordik. Endi esa har ikki kunda maydonga chiqamiz. Bu yetarlicha emas. Superliga ham noyabrda tugaydi, shundagina bir oy bo‘sh vaqtimiz bo‘ladi. Bir oy vaqt bizga yetarlicha bo‘ladi deb o‘ylayman. Har bir FIFA kunlarida biz muammolarga duch kelyapmiz. Masalan, hozirgi CAFA turniri 11 iyun kuni boshlanadi, FIFA kunlari esa 12 iyundan boshlanadi. Bu g‘alati. Yana bizda chet elda faoliyat yuritadigan futbolchilar bor. Ularni terma jamoaga jalb etish ham oson ish emas. Har bir futbolchi, har xil holatda terma jamoaga yetib keladi. Masalan, kimdir klubida kamroq o‘ynaydi, kimdir esa to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Men hozir Jalolning jismoniy holatini bilmayman, uni faqatgina o‘zi biladi, qanday jismoniy holatda ekanligini. Bizda hech qanday bosim yo‘q, yangi o‘yinchilarni sinab ko‘ramiz. Eng asosiy jihat – Osiyo Kubogi oldidan eng yaxshi jismoniy holatda bo‘lish.
- Siz terma jamoalarning o‘yinini ko‘rib chiqqansiz va murabbiylarini ham taniysiz. Raqib jamoalarning bosh murabbiylari haqida fikrlaringizni aytib o‘tsangiz...
- Branko bilan tanishmiz, u ajoyib inson va yaxshi murabbiy. Lekin men uni qanday murabbiylik qilayotganini bilmayman. Tojikiston murabbiyini ham bilaman. To‘g‘risini aytsam, menga farqi yo‘q, ular qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda. Eng muhimi, biz o‘zimizning o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak. Ushbu musobaqada yangilik qilib ko‘rmoqchimiz, ko‘p narsa futbolchilarga bog‘liq. Masalan, men o‘yin davomida "taym-aut" olib, futbolchilarga uslubni tushuntirib bera olmayman. Fikrimcha, futbolchilarimiz o‘z vazifalarini yaxshi bilishadi va ushbu turnirda yaxshi o‘yin namoyish etishadi.
- Guruhdagi eng kuchli raqib kim deb o‘ylaysiz va turnir favoriti-chi?
- To‘g‘risi, bilmadim, balki O‘mondir. O‘mon yaxshi jamoa va yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Turnir favoriti esa Eron, sababi ular tarkib jihatdan ham juda kuchli, Eron terma jamoasining futbolchilari ancha yillardan beri birga o‘ynab kelishmoqda. Biz Erondan qo‘rmaymiz, sababi bizning futbolchilar ham nimalarga qodir ekanligini bilamiz. Uch o‘yinda har xil tarkibdan foydalanamiz, sababi yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazib olishimiz kerak.
- Masharipovga savol: Guruhdagi raqiblarimiz katta ehtimol bilan bizga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatishadi. O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida hujumkor o‘yinga tayyormi?
- Mening fikrimcha, O‘zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlaridan biri o‘yinni nazorat qilish, lekin terma jamoadan ko‘proq natija talab etiladi. Biz tezroq hujumga o‘tib, hujumni yakunlashimiz kerak. Bosh murabbiy ham bizdan shuni talab qiladi. Terma jamoalar o‘yinida eng muhimi – natija.
- Abdixoliqov kecha terma jamoaga kelib qo‘shildi, dedingiz. Ertangi uchrashuvda markaziy hujumchi sifatida boshqa pozitsiyadagi o‘yinchilarni ko‘rishimiz mumkinmi? Masalan O‘runovni?
- Ertaga bilib olasiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin