«Chelsi» Yaponiyaning «Yokohama» kompaniyasi bilan 200 million funtlik shartnoma imzoladi


«Chelsi» klubi Yaponiyaning avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi «Yokohama» kompaniyasi bilan 5 yilga mo‘ljallangan homiylik shartnomasi imzoladi.
Klub liboslaridagi reklama uchun londonliklar «Yokohama» kompaniyasidan yiliga 40 million funt miqdorida mablag‘ oladi.
Bu borada “Chelsi” Angliya Premer ligasida ikkinchi bo‘ldi. Birinchi o‘rinda “Chevrolet” kompaniyasi bilan yiliga 50 million funtlik homiylik shartnomasi imzolagan “Manchester Yunayted” qayd etilgan.
Manba: www.kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…