
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2023" turniri guruh bosqichi 2-turi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
O‘FA matbuot xizmati ushbu o‘yin oldidan quyidagicha bayonot berdi: "O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar sababli “CAFA Nations Cup-2023” turnirining Turkmanistonga qarshi uchrashuvda qatnasha olmaydi. Bugungi o‘yinda jamoamizni yordamchi murabbiy Alesh Chex boshqarib boradi".
Biz sizga ushbu mutaxassis haqida qisqa tarzda ma’lumot berib o‘tishga qaror qildik. Alesh 1968 yili 7 aprelda Sloveniyada tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida "Olimpiya", "Grazer", "Maribor", LASK kabi jamoalarda to‘p tepgan. U tayanch yarim himoya chizig‘ida harakat qilgan.
Shuningdek, u Sloveniya terma jamoasi safida 74 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Alesh Sloveniya termasi tarkibida 2000 yilgi Yevropa chempionati va 2002 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar