
CAFA Nations Cup 2023 "B" guruhi bosqichi doirasidagi uchrashuv yakunlandi.
Eron terma jamoasi CAFA Nations Cup 2023 turniri doirasidagi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Qirg‘iz Respublikasini yirik — 5:1 hisobida mag‘lub etdi va 6 ochko bilan "B" guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda forslar "A" guruhi g‘olibligini muddatidan avval qshlga kiritgan O‘zbekiston bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 20 iyun kuni 20:30 da start oladi. Qirg‘iz Respublikasi esa 3-o‘rin uchun "A" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan bellashadi.
Qirg‘iz Respublikasi — Eron 1:5
Gollar: Mehdi Taremi, 34 (0:1), Mehdi Taremi, 39 (0:2), Mirlan Murzayev, 52 (1:2), Mehdi Taremi, 56 (1:3), Serdar Azmun, 66 (1:4), Serdar Azmun, 79 (1:5)
Qirg‘iz Respublikasi: Kochenkov, Kichin, Brauzman, Murzayev, Abdurahmonov, Mamiraliyev, Aliqulov, Qayrat Jirgalbek o‘g‘li, Atabayev, Jumashev, Shukurov.
Eron: Beyranvand, Rizayan, Puraliganji, Hussayni, Nurafkan, Jahonbaxsh (Azmun, 62) Chashmi, M.Karimi, Torabi, Asadi, Mehdi Taremi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar