
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboyev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullayev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboyev jarima zarbasidan kiritdi.
Shu tariqa, vakillarimiz yuz fozlik natija qayd etdi va umumiy 9 ochko to‘pladi. Endi 20 iyun sanasida terma jamoamiz Eronga qarshi hal qiluvchi final bahsida maydonga tushadi.
O‘zbekiston - Tojikiston 5:1
Gollar: Parvizjon Umarbayev, 13 (0:1), Jasur Yaxshiboyev, 53 (1:1), Eldor Shomurodov, 56 (2:1), Abbosbek Fayzullayev, 73 (3:1), Hojimat Erkinov, 83 (4:1), Oston O‘runov, 90+6 (5:1)
O‘zbekiston: 16.Botirali Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.Abduqodir Husanov, 6.Ibrohim Xalil Yo‘ldoshev, 8.Jamshid Iskanderov, 18.Abdulla Abdullayev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Dilshod Saitov, 23.Jasur Yaxshiboyev, 24.Bobir Abdixoliqov, 27.Jamshid Boltaboyev.
Tojikiston: 1.Rustam Yatimov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 5.Manuchehr Safarov, 6.Vahdat Xanonov, 7.Parvizjon Umarbayev, 8.Amirbek Jo‘raboyev, 10.Alisher Jalilov, 15.Shervoni Mabatshoyev, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Axtam Nazarov, 21.Manuchehr Jalilov.
Ogohlantirish: Vahdat Xanonov (28), Ibrohim Xalil Yo‘ldoshev (38), Parvizjon Umarbayev (41), Manuchehr Safarov (42), Ehsoni Panshanbe (59)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar