"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboyev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullayev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboyev jarima zarbasidan kiritdi.
Bellashuvdan so‘ng termamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men, Odil va Abbos maydonga tushib, o‘yinga temp qo‘shdik. Eng muhimi - muxlislar oldida g‘alaba qozonish. Bu ham bir tajriba bo‘ladi, deb ayta olaman. O‘tgan safar ham va bugun ham ilk taym qiyin bo‘ldi. Biroq uchrashuvga qayta oldik va g‘alaba qozondik.
- Barchamiz bilamiz, Eron bu Tojikiston yoki Turkmaniston emas. Ancha jiddiy raqib. Tayyorgarlik ko‘ramiz va muxlislar oldida g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi