AQSHning Nyu-Orlean shahrida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etildi.
Mazkur oqshomning co main event jangi yakunlandi. Unda yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov (14-0) amerikalik tajribali Harold Kalderon (27-1) bilan to‘qnash keldi. 12 raundga mo‘ljallangan mazkur jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 120-108, 118-110, 116-112 hisoblarida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, bu jang WBA yo‘nalishida majburiy da’vogarlik uchun eliminator jangi maqomida o‘tkazildi. G‘iyosov endilikda WBA yo‘nalishi chempioni Errol Spens yoki WBA Regular chempioni Eymantas Stanionis bilan jang qilishi ehtimoli yuqori.
Mazkur g‘alaba evaziga G‘iyosov WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.
29 yoshli o‘zbekistonlik bokschi prof ringdagi 14-g‘alabasini qayd etdi. 35 yoshli Kalderon esa ketma-ket 27 g‘alabadan keyin faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi