14:56 / 19.06.2023
207

O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni rossiyalik hakamlar boshqaradi

O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni rossiyalik hakamlar boshqaradi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup—2023 finalida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
 
Final o‘yinida bosh hakam vazifasi rossiyalik Kirill Levnikovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Vereteshkin va Egor Bolhovitin yordam beradi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi A guruhida Tojikiston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalarini mag‘lub etib, guruh yetakchisi sifatida finalga yetib keldi. Eron esa B guruhi g‘olibi sifatida finalga yo‘l oldi.
 
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 20 iyun kuni 20:30 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni rossiyalik hakamlar boshqaradi
ePN