226
Vlado Radmanovich: "Erondan hujumkor o‘yin kutyapman va bu bizga imkoniyatlar yaratib beradi"
Bugun o‘yinoldi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz murabbiyi Vlado Radmanovich va yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev ishtirok etishdi.
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Ikki terma jamoa ham final bahsiga loyiq edi. Eron terma jamoasini o‘z guruhida kamroq uchrashuv o‘tkazdi va shu sababdan ular tiklanish uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lishdi. Eron kuchli terma jamoa, lekin biz raqibdan cho‘chimaymiz. Eron terma jamoasining hujum chizig‘i juda kuchli, bizning hujumchilar ham ulardan qolishmaydi. Ertangi uchrashuvda avvalambor aqlli o‘yin namoyish etishimiz kerak. Ertaga qiziq uchrashuv bo‘lishiga ishonchim komil. Maydonda jang bo‘lishi aniq.
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
Abbos Fayzullayev: Eron Osiyoning eng kuchli terma jamoaliridan biri. Bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ertaga xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Ertangi uchrashuvda Eron terma jamoasidan qanday o‘yin kutmoqdasiz?
- Eron terma jamoasining o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Raqib haqida barcha ma’lumotga egamiz, lekin raqib ham biz xaqimizda ko‘p ma’lumotga ega. Ertaga Eron terma jamoasidan hujumkor o‘yin kutyapman, ularning hujumkor o‘yini bizga imkoniyatlar yaratib beradi.
- Eron terma jamoasi bilan ko‘p to‘qnash kelganmiz. Ko‘pgina uchrashuvlarda darvozaga zarba berishimiz juda qiyin, Eronga qarshi avvalgi uchrashuvlarda raqib darvozasi tomon bita aniq zarba bera olmagan vaqtlarimiz bo‘lgan. Ertaga ushbu holatni to‘g‘irlaymizmi?
- Futbolda barchasini kichik detallar hal qiladi. Eron kabi terma jamoalarga qarshi o‘ynash har doim qiyin. Ertangi uchrashuvda raqib xatolaridan unumli foydalanishimiz kerak.
- Eronga qarshi uchrashuvlarda bor yo‘g‘i bir marotaba g‘alaba qozonganmiz. Ertangi uchrashuvda futbolchilar uchun qanchalik prinsipial?
Abbos Fayzullayev: Eronga qarshi uchrashuvlar har doim qiyin kechadi. O‘zbekiston va Eron Osiyoning kuchli jamoalari. Ertangi uchrashuv juda qiziq bo‘ladi.
- O‘tgan matbuot anjumanida, bizning imkoniyatlarimizni 60/40 deb baholagan edingiz. Fikringiz o‘zgarmadimi?
- Fikrim o‘zgarmadi. Men ertangi o‘yin natijasini taxmin qila olmayman, maydonda ko‘ramiz nima bo‘lishini. Agar oldindan nima bo‘lishini bilganimda, men dunyodagi eng boy inson bo‘lar edim.
- Terma jamoamizning imkoniyatlarini foizlarda qanday baholaysiz?
Abbos Fayzullayev: Bir narsani aniq ayta olaman. Ertaga maydonda jang bo‘ladi.
- Katanetsning ahvoli qanday. U ertangi uchrashuvga yetib keladimi?
- Katanetsning ahvoli yaxshilanib bormoqda, lekin ertangi uchrashuvni internet orqali tomosha qiladi.
- Ertangi uchrashuvga aniq rejangiz bormi? Masalan standart vaziyatlarga e’tibor qaratish yoki aniq bir taktik sxema?
- Biz aqilli futbol namoyish etishimiz kerak, sababi raqib juda kuchli. Eron terma jamoasiga qarshi qanday o‘ynashni bilamiz. Men Iroq terma jamoasida ishlayotgan vaqtim Eron bilan duch kelganmiz. Biz Eron terma jamoasining taktikasini ko‘rib chiqdik. Biz ertaga qanday uslubda o‘ynashimiz bugun kechasi aniq bo‘ladi, balki 3 himoyachi, balki 5ta himoyachi bilan o‘ynarmiz.
- O‘zbekiston terma jamoasida ikki yildan beri ishlab kelmoqdasiz. Jismoniy holatimiz yaxshilandimi shu vaqt ichida?
- Terma jamoaning o‘yini uch sifat bo‘yicha baholanadi: taktika,texnika va jismoniy holat. Agar har bir jihat yaxshi shakillangan bo‘lsa, terma jamoa yaxshi o‘ynay oladi. Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ko‘proq klublarga bog‘liq, sababi futbolchilar o‘z klublarda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Terma jamoada futbolchilar bor yo‘g‘i ikki uch hafta bo‘lishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi