00:35 / 20.06.2023
222

Eldor Shomurodov: "Eron qanchalik jiddiy raqib ekanligini hamma tushunib turibdi"

Eldor Shomurodov: "Eron qanchalik jiddiy raqib ekanligini hamma tushunib turibdi"
O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi forvardi Eldor Shomurodov kichik intervyu berdi.
 
"Men "Rostov"ni kuzatib boraman, ammo Karpin bilan gaplashganimga ancha bo‘ldi. Albatta kerak bo‘lsa menda uning raqami bor, qo‘ng‘iroq qilishim mumkin. Ular yangi mavsumda kuchli uchlikka kira oladi.
 
"CAFA Nation's Cup" turniri haqida: "Biz Ummon, Turkmaniston va Tojikistonga qarshi o‘ynadik, finalda Eron bilan o‘ynaymiz. Ular qanchalik jiddiy raqib ekanligini hamma tushunib turibdi. Ammo biz uyda, o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaymiz va ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.
 
"Roma"dagi kelajagi haqida: "Spetsiya"da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadim, afsuski barchasi biz xohlagandek bo‘lmadi va klub "B" seriyaga tushib ketdi. Hozirda klub bilan ijara shartnomam tugagan. Barchasi qachon hal bo‘lishini bilmayman, hammasi ta’tildan klubga qaytgandan so‘ng aniq bo‘ladi".
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ertaga "CAFA Nation's Cup" finalida Eron bilan o‘ynaydi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Eron qanchalik jiddiy raqib ekanligini hamma tushunib turibdi"
ePN