
"CAFA NATIONS CUP" turniri finalida Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston termasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Uchrashuv biz kutgandek qiyin bo‘ldi. Charchoq alomatlari sezildi. Ko‘proq o‘yin o‘tgazganimiz uchun vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik. Eronga qarshi yana to‘qnash kelsak, boshqacha o‘yin bo‘ladi.
- Turnir davomida keyingi musobaqalar uchun asosiy tarkibni shakllantirib oldingizlarmi?
- Guvohi bo‘lganingizdek, ba’zi o‘yinchilarning yetishmasligi sezildi. Ashurmatov va Aliqulovlar yo‘qligi sababli Nasrullayev va Abdullayevni o‘ynatishga majbur bo‘ldik.
- JCH saralashida ikkinchi savatchadan o‘rin olamiz. Bu qanday ta’sir o‘tkazadi?
- Albatta, birinchi savatchadan o‘rin olganimizda bizga yaxshiroq bo‘lardi. Bilasiz, Eron kuchsiz jamoa emas. Ishontirib aytamanki, Eronga qarshi yana o‘ynasak, mutlaqo boshqacha o‘yin guvohiga aylanasiz.
- Nega Fayzullayev jismoniy jihatdan boshqalarga qaraganda kuchsizroq bo‘lgani bilan maydonga tushirildi?
- Bunday natija bo‘lib turganda, tavakkal qilishga majbur bo‘lasiz. Guvohi bo‘lganingizdek, markaziy himoyachilar o‘rniga hujumkor o‘yinchilarni maydonga tushirdik.
- Milliy terma jamoa o‘yinida boshqa qit’aning kuchli jamoalariga qaraganda Osiyo grandlari bilan o‘ynagan yaxshiroq emasmi?
- Fikringizga qo‘shilaman. Lekin bu savolni tashkilotchilarga bergan ma’qulroq. Biz AQSHga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini rejalashtiryapmiz. Umuman olganda, kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish biz uchun muhim.
- Katanes kelgach, uchta himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik. Bu keyinchalik ham bizning asosiy taktik sxemamizdan o‘rin oladimi?
- Futbolda har xil sxemalar mavjud. 3-5-2 taktikasini tahlil qilishga ham ko‘p vaqt ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar