Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Chempionlar ligasi saralash bosqichi o‘yinlari taqvimini e’lon qildi. Endi faqatgina ishtirokchi klublar o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlarni aniqlab, uchrashuv vaqtlarini belgilash qoldi, xolos.
O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram kanalida ma’lum qilishicha, saralashda qatnashuvchi mamlakatimizning ikki klubi - OKMK hamda “Navbahor” katta ehtimol bilan pley-off o‘yinlarini 22 avgust kuni Qatarda taxminan bir vaqtda o‘tkazadi. Ammo jamoalar turli stadionlarda o‘yin o‘tkazishadi. OKMK ishtirokidagi o‘yin “At-Tumam”da, “Navbahor” ishtirokidagi bahs esa “Al-Janub” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Demak, Qatarda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar qaysi o‘yinga borishni tanlashlari kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, stadionlar o‘rtasidagi masofa bor-yo‘g‘i 10 kilometrni tashkil qilaji, shuning uchun xohlovchilr har bir uchrashuvni bittadan bo‘limini tomosha qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, OKMK saralashni ertaroq boshlaydi. Olmaliqliklar Qatar jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etish uchun dastlab 15 avgust kuni Toshkentda Ummonning “Al-Sib” klubini mag‘lubiyatga uchratishlari lozim. “Navbahor”ni esa Qatarda “Al-Vakra” jamoasiga qarshi bahs kutmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?