Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin


Foto: “Roma”
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning “Galatasaroy” klubida davom ettirishi mumkin.
Fotospor nashrining xabariga ko‘ra, Turkiya chempioni o‘zbekistonlik futbolchini faol ravishda kuzatib bormoqda. “Galatasaroy” tez orada Eldor uchun rasmiy taklifni jo‘natmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida “Spetsiya”da ijara asosida o‘ynadi. 27 yoshli futbolchi 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…