09:07 / 27.06.2023
811

Mashhur klub o‘zbek futbolchisi uchun bir million evro xarajat qilishga tayyor

Mashhur klub o‘zbek futbolchisi uchun bir million evro xarajat qilishga tayyor

Turkiyaning mashhur klublaridan biri – “Fenerbahche” chempionlik uchun kurashda ashaddiy raqib – “Galatasaroy”ga imkoniyatni boy berib, chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bu holat klub rahbariyatini qoniqtirmadi.

“Fenerbahche” mutasaddilari yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga qaror qildi. Jamoaga “Inter” bilan shartnomasi tugagan to‘purar Edin Jeko taklif etildi.

Bundan tashqari, “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblangan hujumchi Rayan Kent ham Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tib, “kanareykalar” safidan joy oldi.

Endi “Fenerbahche” maydon markazini kuchaytirish uchun mavsumni “Fatih Karagyumryuk” jamoasida o‘tkazgan Otabek Shukurovni transferlar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Turkiyaning fotomac.com.tr sayti bu xabar bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

- Superligani ikkinchi qatorda yakunlagan “Fenerbahche” tarkibini kuchaytirish uchun transferlar bo‘yicha ish boshladi. Kun tartibiga “Fatih Karakyumryuk” libosida bir mavsum to‘p tepgan Otabek Shukurov transferi masalasi ko‘tarildi.

“Fenerbahche” yangi mavsumda mutlaqa chempionlik uchun kurashish maqsadida transferlarga katta e’tibor qaratmoqda. Hujum chizig‘iga Rayan Kent va Edin Jekoni olib kelishni uddalagan klub mutasaddilari endi o‘rta chiziqni kuchaytiradi. Shu maqsadda Otabek Shukurov transfer qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Turkiya futbol federatsiyasining legionerlar maqomi to‘g‘risidagi yangi qaroridan keyin “Fenerbahche” Shukurovni nishonga oldi. Qurbon hayitidan keyin klub mutasaddilari “Fatih Karagyumryuk” rahbariyati bilan bu transfer yuzasidan uchrashuv o‘tkazadi.

O‘tgan yili yozda “Sharja” klubidan 420 ming evroga transfer qilingan futbolchi Turkiyadagi debyut mavsumida 31 ta o‘yinda bittadan gol va assist qayd etdi.

Bu transferni bir million evro evaziga amalga oshirish mumkin.

1996 yili O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi professional faoliyatini “Mash’al” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tdi. 2018 yilning yanvarida “Sharja” o‘yinchisiga aylandi.

Shukurovning “Fatih Karagyumryuk” bilan kelishuvi 2024 yilning 30 iyunigacha tuzilgan va uning transfer summasi 2,5 million evroni tashkil qiladi, - deb yozmoqda fotomac.com.tr sayti.

Darhaqiqat, yangi qoidaga ko‘ra, turkiy davlatlar futbolchilari bundan buyon Turkiya chempionatida legioner hisoblanmaydi. Bu mazkur mamlakat vakillarining Turkiyadagi imkoniyatlarini oshiradi.

Otabek Shukurov O‘zbekiston milliy terma jamoasining etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. Xalqaro faoliyatini 2016 yili boshlagan mohir futbolchimiz milliy jamoa safida 55 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilgan.

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, Otabek Shukurovga turk klublaridan tashqari Germaniya va Italiya tomonlardan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur klub o‘zbek futbolchisi uchun bir million evro xarajat qilishga tayyor
ePN