00:14 / 29.06.2023
197

Sherzod Nasrullayev — CAFA, Eronga qarshi bahs, Azmun va OKMK bilan o‘yindagi g‘alaba haqida

Sherzod Nasrullayev — CAFA, Eronga qarshi bahs, Azmun va OKMK bilan o‘yindagi g‘alaba haqida

"Nasaf" jamoasi o‘tgan turda o‘z maydonida OKMKni mag‘lub etdi (2:0). "Ajdarlar" futbolchisi Sherzod Nasrullayev mazkur uchrashuv va FIFA kunlaridagi CAFA musobaqasi haqida saytimizga intervyu berdi.

-  Umuman dastlab O‘zbekiston terma jamoasi safidagi o‘yinlaringiz haqida. CAFA turniri finalida Eron haqiqiy kuchimizni ko‘rsatib berdimi?

- Ilk turda O‘monga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdim, deb o‘ylayman. Murabbiy meni markaziy himoyachi pozitsiyasiga qo‘ydi. Yomon harakat qilmadim. Eronga esa munosib qarshilik ko‘rsatdik. Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Biz vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol urib olganimizda o‘yin tizgini butkul o‘zgarib ketishi mumkin edi.

- Eron bilan o‘yinda ular bilan teng o‘ynadik, zarbalar ham teng edi. Ularning asosiy ustunligi nimada bo‘ldi? Azmun faktorimi?

- Eron yakkakurashlarda ko‘proq ustunlik qildi. Ikkinchi qavatda hujumchilari yaxshi o‘ynadi. Azmunda bitta imkoniyat bo‘ldi va foydalanib ketdi.

- Katanes sizni markaziy himoyachi rolida ishlatdi. Bu pozitsiya sizning kuchli tarafingiz hisoblanmaydi. Qay darajada noqulaylik tug‘dirdi?

- To‘g‘ri haqiqiy pozitsiyam qanot himoyachisi. Shunga qaramay yomon o‘yin ko‘rsatmadim. Noqulayliklar yuzaga kelmadi.

- Qarshida "Nasaf" OKMKni mag‘lub etdi. Raqibning bu tarkibda maydonga tushishi kutilmagandek bo‘lmadimi? Siyavash, Boake aynan himoyachilarga bosh og‘riq bo‘ladigan ijrochilar tushmadi ilk daqiqadan ustunlik mezbonlarda bo‘ldi...

- Shunchaki o‘zimizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Bizda g‘alabaga xohish yuqoriligi maydonda ko‘rindi. Ularning qanday tarkibda maydonga tushishidan xabarimiz yo‘q edi. Siyavashni o‘rnida Sanjar Tursunov to‘p tepdi va u ham munosib harakat qildi.

- "Nasaf" o‘sha pallada turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi. Qaysi markaziy uchrashuvni ko‘proq qaysi uchrashuvni kuzatdingiz?

- Hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Bizning vazifamiz undan ham yuqoriga intilish. Ikkita o‘yin ham ajoyib o‘tdi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvini kuzatdim.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sherzod Nasrullayev — CAFA, Eronga qarshi bahs, Azmun va OKMK bilan o‘yindagi g‘alaba haqida