22:37 / 29.06.2023
351

Superliga. "Andijon" "Paxtakor" maydonidan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi

Superliga. "Andijon" "Paxtakor" maydonidan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Paxtakor" o‘z maydonida "Andijon"ni mehmon qildi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, 53-daqiqada Hojiakbar Alijonov hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Rubin Xebay olis masofadan gol urib, muvozanatni tikladi. Bellashuvda hisob boshqa o‘zgargani yo‘q.

Shu tariqa, "sherlar" ochkolari sonini 28 taga yetkazib oldi. Durangdan qat’i nazar ular jadvalda peshqadamlik qilmoqda. 19 ochkosi bor "Andijon" 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Paxtakor" - "Andijon" 1:0

Gollar: Hojiakbar Alijonov 53, - 1:0. Rubin Xebay 78, - 1:1 (Sardor Abdunabiyev).

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Dostonbek Tursunov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 67), 10.Dragan Cheran, 14.Abbosbek Fayzullayev, 17.Dostonbek Hamdamov (77.Dilshod Saitov, 46), 27.Sardor Sobirxo‘jayev (88.Shahzod Azmiddinov, 82), 28.Diyor Xolmatov, 34.Farrux Sayfiyev.
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 15.Giorgi Papava, 16.Rustam Turdimurodov, 30.Shahzodbek Rahmatullayev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshodjon Komilov, 8.Farhodbek Bekmuratov (23.Sherzod Esanov, 65), 9.Levan Arveladze, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov (10.Ilhomjon Abdug‘aniyev, 65), 66.Ilhomjon Alijonov, 88.Nodari Kavtaradze (11.Sardor Abdunabiyev, 22), 99.Rubin Xebay (7.Boburbek Farhodov, 90+4).
Zaxira: 12.Mohirbek Komilov, 5.Abdulvohid G‘ulomov, 19.Suhrob Berdiyev, 28.Islombek Mamatkazin, 77.Izzatillo Abdulhaqov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Andijon" "Paxtakor" maydonidan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi
ePN