date
views 419

FIFA yangi ofsayd qoidasini tasdiqladi

FIFA yangi ofsayd qoidasini tasdiqladi

Endi hujum qilayotgan o‘yinchining tana qismi oxirgi himoyachi bilan bir chiziqda tursa, ofsayd bo‘lmaydi.

Yangi konsepsiyaga binoan, to‘p uzatilayotgan vaqtda hujum qilayotgan o‘yinchining butun tanasi himoyachidan ko‘ra raqib darvozasiga yaqinroq bo‘lgandagina o‘yindan tashqari holat hisoblanadi.

Boshqacha qilib aytganda, hujum qilayotgan futbolchi tanasining ma’lum qismi oxirgi himoyachiga to‘g‘ri kelsa, o‘yindan tashqari holat hisoblanmaydi.

Qoidalarning o‘zgarishi futbolni yanada jo‘shqin va tomoshabop bo‘lishiga hissa qo‘shadi, deb hisoblanmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar allaqachon IFAB yig‘ilishlarida muhokama qilingan. Dastlab, u Shvetsiya, Italiya va Niderlandiyaning quyi divizionlarida sinovdan o‘tkaziladi.

Masalan, rasmdagi vaziyat ofsayd hisoblanmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA yangi ofsayd qoidasini tasdiqladi