«Liverpul»ning sobiq futbolchisi, «Aston Villa» va «Reynjers» sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni «Al-Ittifoq» klubining taklifini qabul qilgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, dastlab angliyalik mutaxassis ishlashdan bosh tortdi, ammo Saudiya klubi vakillari Jerrardga ikkinchi taklif bilan chiqishdi va uni jamoani boshqarishga ko‘ndirishgan. «Al-Ittifoq» boshliqlari Jerrardga jamoani yulduz futbolchilar bilan to‘ldirishga va’da berishdi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi "Aston Villa" edi. U 2022 yilning oktyabrida klubdan bo‘shatilgan edi. Bungacha Stiven «Reynjers»da ishlagan.
OAVda uning «Kristal Pelas» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni chempionatida Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema to‘p surmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring